Qrim Muxtor Respublikasi

Qrim Muxtor Respublikasi — Qrim yarim orolida joylashgan muxtor respublika. Qrim Muxtor Respublikasining maydoni 26 ming km². Aholisi 1 967 119 kishi (2013). Poytaxti — Simferopol shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 tuman, 16 shahar, 56 shaharchaga va 950 qishloqqa boʻlinadi. Qrim Muxtor Respublikasi 2014-yilgacha Ukraina tarkibida va boshqaruvi ostida boʻlgan. 2014-yil boshida Ukrainada boʻlib oʻtgan siyosiy oʻzgarishlardan keyin Qrim Muxtor Respublikasi Ukrainadan ajrab chiqib Rossiyaga qoʻshilish uchun referendum oʻtkazdi. Saylov Rasmiylariga koʻra, ovoz berganlarning 95,5 foizi Rossiyaga qoʻshilishni qoʻlladi. Referendumdan soʻng Rossiyada mamlakat tarkibida ikki yangi subyekt — Qrim Respublikasi va federal ahamiyatga ega Sevastopol shahri tuzish haqidagi qarorlar qabul qilindi. Qrim va Rossiyaning bu harakatlarini Ukraina hukumati va gʻarb mamlakatlari qoralashdi va referendum natijalarini hamda Qrimning Rossiya tarkibiga qoʻshilganini tan olmasliklarini bildirishdi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiya va Qrimlik ayrim siyosatchilarga qarshi sanksiyalar eʼlon qildi. Rossiya boʻlsa Qrimni Rossiyaga tezkorlik bilan toʻliq integratsiya qilish uchun choralar koʻrishda davom etdi. Dini: Islom shuningdek Xristian


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search